» » Fergana Oseana MChJ va “Bahodir Log‘on Tekstil” MChJ qo‘shma korxonalari “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida 800 ta muhtoj oilaga yordam ko‘rsatdi

Fergana Oseana MChJ va “Bahodir Log‘on Tekstil” MChJ qo‘shma korxonalari “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida 800 ta muhtoj oilaga yordam ko‘rsatdi


Farg‘ona, Yozyovon va Quva tumanlarida paxta-to‘qimachilik klasteri sohasida faoliyat yuritib kelayotgan Fergana Oseana MChJ va “Bahodir Log‘on Tekstil” MChJ qo‘shma korxonalari “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatdi.

Har ikkala korxona tomonidan 1 600 dan ortiq aholi vakillari ish bilan ta’minlangan bo‘lib, hozirgi dolzarb sharoitdan kelib chiqib og‘ir vaziyatga tushib qolgan va vaqtinchalik daromad manbayini yo‘qotgan fuqarolar uchun 300 yangi bo‘sh ishchi o‘rni yaratildi.

Fergana Oseana MChJ va “Bahodir Log‘on Tekstil” MChJ qo‘shma korxonalari tomonidan Farg‘ona, Yozyovon va Quva tumanlarida qiyin ahvolga tushib qolgan, kam ta’minlangan oilalarga yordam berish maqsadida har bir oilaga 1 qop (25 kilogramm) un, 10 kilogramm kartoshka, 5 kilogramm sabzi, 5 kilogramm piyoz, 0,5 kilogramm choy, 1 kilogramm go‘sht, 2 kilogramm shakar, 5 kilogramm guruch va 5 litr o‘simlik yog‘i yetkazib berish tashabbusi ilgari surildi.

Fergana Oseana MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan Farg‘ona tumanida 300 ta, “Bahodir Log‘on Tekstil” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan esa Yozyovon va Quva tumanlarida 250 tadan 500 ta, jami 800 ta qiyin ahvolga tushgan, kam ta’minlangan oilaga jami qiymati 252 million 800 ming so‘mni tashkil etgan zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari moddiy yordam tariqasida yetkazib berildi.

Avvalroq Andijon IIB “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga 101 million so‘m xayriya qilgani, Toshkent viloyati IIBB Probatsiya bo‘limi tomonidan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida ichki ishlar organlari nazoratida bo‘lgan 150 ga yaqin shaxsga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilgani, DXX “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida yordamga muhtoj oilalarga 329 million so‘mlik moddiy yordam bergani xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati hozirgi og‘ir paytda aholining yordam va ko‘makka muhtoj qatlamlarini aniq, manzilli asosda qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan. Shavkat Mirziyoyev ushbu umumxalq harakati O‘zbekiston yangi tarixi sahifalaridan mustahkam o‘rin olishini ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют