» » Alisher Usmonov Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlar uchun 15 mln dollar xayriya qildi

Alisher Usmonov Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlar uchun 15 mln dollar xayriya qildi


O‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi toshqin oqibatida jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 15 million AQSh dollari miqdorida xayriya mablag‘i ajratdi. Bu haqda Intellinews xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu mablag‘ning 10 million dollari o‘zbekistonliklarga yordam uchun, 5 millioni esa Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaraal tumani aholisi uchun taqdim etilgan.

Qozog‘istonda Alisher Usmonov jabr ko‘rgan har bir oilaga (jami 5202 oila, 30 ming nafardan ko‘p aholi) ming dollardan, jami 5 million 202 ming dollar xayriya qilgani tasdiqlangan.

Keyinchalik Telegram’dagi davletovuz kanalida Alisher Usmonovning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubi matni e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Bolaligim va yoshlik yillarim o‘tgan ona yurtimdagi aka-ukalarim va opa-singillarim bilan hozirgi epidemiologik qiyinchiliklarga sherik bo‘lar ekanman, Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan fojia haqidagi xabarni, shuningdek, uni odamlarimiz munosib va mardona qabul qilganligini qalbimda og‘riq bilan his qildim.

Muqaddas Ramazon oyida Ollohning o‘zi meni Vatanimga chorladi, zero bu kunlarda biz yordamga muhtoj odamlarga alohida g‘amxo‘rlik qilishimiz va ko‘mak berishimiz kerak. Biz quvonchli damlarda ham, boshga g‘am-tashvish tushganda ham bir-birmizni yelkama-yelka turib qo‘llab-quvvatlaymiz. Men xalqimizning taqdiriga befarq qarab tura olmayman va shu sababli suv toshqinidan jabrlanganlar turmushini tiklash va yaxshilash, talafot oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishga yordam ko‘rsatish uchun 10 million dollar beryapman.

Men xalqimizning duolariga qo‘shilib, ularning boshiga tushgan kutilmagan sinovlardan tezroq xalos qilishini Ollohdan so‘rab qolaman.

Hurmat bilan Alisher Usmonov

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov mart oyi oxirida O‘zbekistondagi “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 20 million AQSh dollari miqdorida xayriya mablag‘i ajratgandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Alisher Usmonovning yordami haqida: “Koronavirusga qarshi qayerda yangi dori topilsa, pulini to‘lab olib kelib beraman, dedi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют