» » Qaysi oziq-ovqatlarni xomligicha yeganimiz ma’qul?

Qaysi oziq-ovqatlarni xomligicha yeganimiz ma’qul?


Ko‘pchilik oziq-ovqatlar issiqlik yordamida ishlov berilganlariga qaraganda xomligida foydali hisoblanadi. Qizdirish va qaynatish jarayonida mahsulotlarning ozuqaviy qiymati kamayadi, tarkibidagi vitaminlar va qator mikroelementlar yo‘qoladi. Quyidagi oziq-ovqatlarni yaxshisi xom holida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Asal tarkibida aminokislotalar, temir, kalsiy, magniy, rux, B1, B2, B6 vitaminlari, foli kislotalari mavjud. Ishlov berilmagan xom asal immun tizimini mustahkamlaydi va hazm qilishni yaxshilaydi.

Bu noyob tozalovchi va yoshartiruvchi vositaning tarkibi aminokislotalar, vitaminlar, minerallar, enzimlar va antioksidantlardan tashkil topgan. Bundan tashqari bu o‘simlik tarkibida saratonga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar mavjud.

Bu mahsulotlar inson organizmi uchun foydali bo‘lgan to‘yinmagan yog‘lardan, shuningdek organizm to‘liq hazm qila oladigan vitamin va minerallar manbai hisoblanadi. Ularni xom holda iste’mol qilish orqali siz qon bosimini normallashtirishingiz, immunitetni mustahkamlashingiz va hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilashingiz mumkin.

Yangi sutdan tayyorlangan pishloqlar tabiiy yog‘lar, oqsillar va mikroelementlarga juda boy. Ularni muntazam ravishda iste’mol qilish organizmni har xil kasalliklar paydo bo‘lishidan himoya qiladi.

Yangi yoki muzlatilgan rezavor mevalar antioksidantlarga juda boy, bundan tashqari ular tarkibida oson hazm bo‘ladigan ko‘plab foydali moddalar mavjud.

Baliq birinchi navbatda, yog‘ erituvchi vitaminlar manbai sifatida qadrlanadi. Lekin issiqlik yordamida ishlov berilganda ozuqaviy qiymati ancha kamayadi. Mahsulotdagi foydali xususiyatlarni xom holda iste’mol qilish orqali saqlab qolish mumkin.

Manba: “Gastronom.ru”

Опубликовано: admin (18-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют