» » Bemorning COVID-19 bilan kasallanganining asosiy va tez yordam chaqirish majburiy bo‘lgan belgisi aytildi

Bemorning COVID-19 bilan kasallanganining asosiy va tez yordam chaqirish majburiy bo‘lgan belgisi aytildi


Nafas qisishi va harsillash COVID-19 koronavirus infeksiyasining asosiy belgisi, bemorda ushbu simptom kuzatilganda darhol tez yordam chaqirish zarur, degan Rossiyadagi M.Y.Jadkevich nomidagi Moskva shahar kasalxonasi bosh shifokori Aleksandr Myasnikov YouTube’dagi “Solovyev Live” kanalida, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra kuchli darajada nafas qisishi kasallikning 7—8-kunlarida kuzatiladi, o‘ta erta kuzatiladigan holat — 14 kunlik inkubatsion davrning to‘rtinchi kunida ham sodir bo‘lishi mumkin. Hansirash bilan birga yuqori darajadagi isitma chiqqanda darhol tez yordam chaqirish tavsiya qilingan.

“Bemor tanasida og‘riqlar kuzatilsa, ta’m bilish qobiliyati yo‘qolsa, mushaklar og‘risa, kuchli yo‘tal tutsa, biroq nafas qisish holati kuzatilmasa — bunday holda tez yordam chaqirish shart emas deb hisoblamaslik kerak”, — degan shifokor.

Myasnikov isitmasi baland bo‘lgan odamlar ham tez yordam chaqirishi va shifokorga murojaat qilishi lozimligini eslatdi. Shifokor hozirda har bir virusli kasallikka COVID-19 koronavirusidek munosabatda bo‘lish kerakligini qayd etgan.

“Kechikib chora ko‘rgandan oldindan tayyorgarlik ko‘rish yaxshiroq”, — deydi Myasnikov.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 3,6 million oshib ketgan, 251 ming nafardan ko‘proq odam kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: 

Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 177 mingga yaqin, 1625 nafar bemor COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tufayli hayotdan ko‘z yumgan, 23 ming kishi kasallikdan tuzalgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют