» » Ilon Mask oltinchi farzandiga X ? A-12 deb ism qo‘ydi. Kaliforniya shtati ma’muriyati bunday ismni qabul qila olmaydi, uni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi

Ilon Mask oltinchi farzandiga X ? A-12 deb ism qo‘ydi. Kaliforniya shtati ma’muriyati bunday ismni qabul qila olmaydi, uni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi


Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask va kanadalik qo‘shiqchi Grayms yaqinda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga X ? A-12 deb ism qo‘ydi, deb yozadi Meduza. Aftidan, bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiga boshqa ism qo‘yishga to‘g‘ri keladi.

Bu ism quyidagicha kengaytiriladi:

X — noma’lum o‘zgaruvchi;

? — Graymsning aytishicha, bu belgi elflar tilida sun’iy ong ma’nosini beradi, shu bilan birga, sevgi so‘zi ham shunday yoziladi;

A-12 — juftlikning sevimli samolyoti — Lockheed A-12.

pic.twitter.com/chk0Scuixp

— Elon Musk (@elonmusk) May 5, 2020

X ? A-12 dunyoga kelgan Kaliforniya shtati qonunchiligiga ko‘ra, bolaga ism qo‘yishda ingliz alifbosidagi 26 ta harfdan, shuningdek, apostrof va chiziqchalardan foydalanish mumkin. Emoji, raqamlar va boshqa tushunarsiz belgilardan foydalanish taqiqlangan.

Demak, bolaning ismidagi ? va A-12 belgilari qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydi.

Mask va Grayms uyda chaqaloqni istagancha chaqirishi mumkin, biroq tug‘ilganlik haqidagi guvohnomadagi ism qonunchilikka mos bo‘lishi kerak.

Mavzuga doir: Ilon Mask jahonda birinchi marta kosmosda jangari film suratga oladi. Bosh rolni Tom Kruz ijro etadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют