» » Samarqandda shar’iy nikohdagi ayolini rashk qilib, unga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxs 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Samarqandda shar’iy nikohdagi ayolini rashk qilib, unga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxs 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Samarqandda shar’iy nikohdagi ayolini o‘zgalardan rashk qilib, uning yuzi, qo‘li va belini pichoq bilan kesib, tan jarohati yetkazgan fuqaro 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Furqat Rahmonov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2019-yil 8-avgust kuni soat taxminan 15:00 da Samarqand shahar Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni oldida fuqaro S.A. shar’iy nikohdagi ayoli Z.M.ni o‘zgalardan rashk qilib, yonida bo‘lgan pichog‘i bilan uning yuz va boshqa sohalarini shafqatsizlik bilan bir necha marotaba kesib, qasddan tan jarohati yetkazgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudlanuvchi sifatida ishtirok etgan S.A. aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, turmush o‘rtog‘i F.A.da ko‘ngli bo‘lmaganligi, shu sababli Z.M. bilan norasmiy er-xotin bo‘lib yurganligini ma’lum qilgan. S.A. Z.M.ni hammadan rashk qilib, “agar menga xiyonat qiladigan bo‘lsang, yuzingni ‘urod’ qilib tashlayman” degan.

Jabrlanuvchi Z.M.ning opasi S.A.ning qonuniy xotini borligini bilib qolib, singlisiga u bilan munosabatini to‘xtatishini  tayinlagan. Shundan keyin Z.M. S.A. bilan munosabatini uzgan.

Z.M.ning boshqa yigit bilan yurganini sezgan S.A. “bergan va’damni bajaraman, hali ko‘rasan” deb, o‘tkir kesuvchi pichog‘ini olib, Z.M.ning sochidan ushlab uning yuz va bel qismiga jarohat yetkazgan. Shundan keyin Z.M.ga yordamga kelgan opasini ham ushlab, pichog‘i bilan uni ham jarohatlagan.

Sudlanuvchi S.A. Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “v” bandi va 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют