» » Burnini plastik operatsiya qildirgan mashhurlar

Burnini plastik operatsiya qildirgan mashhurlar


Yulduzlarning mukammal chiroyi faqat makiyaj bilan bog‘liq, deb o‘ylaydiganlar fikri Cosmopolitan nashri havola qilgan ma’lumotlardan keyin o‘zgarishi aniq.

Kortni Lav

Kortni 80-yillardayoq burnining shaklini o‘zgartirishga qaror qilgan. U karyera uchun tashqi ko‘rinishda kamchilik bo‘lmasligi kerak, deb hisoblagan holda rinoplastika, ya’ni burun shaklini o‘zgartiradigan operatsiya qildirgan.

Jennifer Eniston

Yoqimsiz qahramonlar roli berilishidan qo‘rqqan aktrisa burnini jozibaliroq qilishga qaror qilgan. Uning suratlariga nazar tashlab, Jennifer kutilgan natijaga erishganini bilish mumkin.

Bleyk Layvli

Aktrisa burnini operatsiya qildirganini butkul inkor qilsa-da, uning avvalgi va hozirgi suratlaridagi yaqqol farqdan haqiqatni bilish qiyin emas.

Skarlett Yohansson

Skarlett ham tashqi qiyofasi haqida gap ketganda Bleyk Layvli kabi burni o‘ziniki ekani, o‘zgartirish kiritmaganini ta’kidlaydi. Uning ta’kidlashiga qaraganda, vazn to‘plagani sabab yuzi to‘lishgan va shuning hisobiga burni avvalgidan kichikroq ko‘rinadi.

Britni Spirs

Britni ham rinoplastika qildirganlardan. Uning qiyofasiga qarab o‘zgarishlar borligi, burni avvalgidan ingichkaroq ekanini bilish mumkin.

Kristina Agilera

Kristina ham burun shaklini o‘zgartirgan. Uning boshqa yulduzlardan farqli tomoni shundaki, operatsiyadan keyin burnining shakli hammaniki singari ko‘rinishda bo‘lmadi, qiyofasi va yuzidan kelib chiqqan holda o‘ziga xoslik saqlab qolingan.

Nikol Kidman

Nikolning burni shu qadar ingichka va kichkinaligidan ba’zida bunday rinoplastikadan keyin Kidman nafas olgani qiynalmasmikan, degan savol tug‘iladi. Mukammal bo‘lishga harakat qilingani bilinsa-da, oshirib yuborilganini payqash mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют