» » Angliya Premyer Ligasida joriy mavsumning eng yaxshilari aniqlandi

Angliya Premyer Ligasida joriy mavsumning eng yaxshilari aniqlandi


Buyuk Britaniyaning BBC nashri Angliya Premyer Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshilarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, “Liverpul” sardori Jordan Henderson APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi nomini qo‘lga kiritdi. Yarim himoyachi so‘rovnomada 23% ovoz yig‘di. Ikkinchi o‘rindan uning jamoadoshi Sadio Mane (17%) o‘rin olgan bo‘lsa, “Manchester Siti” xavbeki Kevin de Bryuyne (14%) kuchli uchlikka yakun yasadi.

Eng yaxshi murabbiy sifatida “Liverpul” ustozi Yurgen Klopp (55%) e’tirof etildi. “Sheffild Yunayted” bosh murabbiyi Kris Uaylder (25%) bu borada ikkinchi bo‘ldi, “Vulverhempton” murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu (7%) esa 3-pog‘onadan joy oldi.

Eng yaxshi yosh o‘yinchi nomiga “Liverpul” qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold (47%) loyiq ko‘rildi. Trent bu borada “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford (10%) va “Sheffild” darvozaboni Din Hendersonni (9%) ortda qoldirgan.

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalarda ham g‘oliblar aniqlandi:

Mavsum o‘yini — “Uotford”—“Liverpul” 3:0

Yil kashfiyoti — Adama Traore (“Vulverhemton”)

Yil transferi — Din Henderson

Mavsum goli — Son Hyon Minning “Byornli”ga (5:0) urgan goli

Mavsum ramziy terma jamoasi: Alisson — Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Chag‘lar Suyunju, Endryu Robertson — Kevin de Bryuyne, Jordan Henderson, Brunu Fernandesh — Muhammad Saloh, Serxio Aguero, Sadio Mane.

Eslatib o‘tamiz, Premyer Liga bahslari koronavirus pandemiyasi sabab 29-turga kelib to‘xtab qolgan. Unda “Liverpul” 82-ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchisini 25 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют