» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 900 kishidan oshdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 900 kishidan oshdi


Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 900 kishidan oshib ketdi. Bu haqda mamlakatning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“8-may holatiga ko‘ra, yana 11 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi”, — deydi shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan fuqarolarning ikki nafari tibbiyot xodimlari.

Shunday qilib, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 906 kishiga yetdi, ularning 226 nafari — tibbiyot xodimlari. Jami 12 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Bemorlarning 650 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga qarshi 62 mingdan ortiq test olingan.

Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qilib, koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.

O‘zbekistonda 8-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 2 314 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1656 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 nafar bemor esa vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют