» » Veneseula muxolifati prezident Maduroni hokimiyatdan ag‘darish uchun 213 mln dollarlik kelishuv imzolagani ma’lum bo‘ldi

Veneseula muxolifati prezident Maduroni hokimiyatdan ag‘darish uchun 213 mln dollarlik kelishuv imzolagani ma’lum bo‘ldi


2019-yilning oktabrida Venesuela muxolifati Amerikaning Silvercorp xususiy harbiy kompaniyasi bilan mamlakatga bostirib kirish va prezident Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag‘darish bo‘yicha bitim tuzishga uringan. Bu haqda 42 varaqli hujjat nusxalariga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

Shartnomada barcha taktik harakatlar batafsil izohlangan, xususan, qanday portlovchi minalar o‘rnatilishi va buyurtmani bajarishda qanday maxsus vositalardan foydalanish haqida so‘z boradi. “Loyihaning boshlang‘ich fazasi” bo‘limida buyurtmaning umumiy qiymati 212,9 million dollarga baholangan.

Hujjatda keltirilishicha, xizmat ko‘rsatuvchi guruh o‘z hamkorlariga Nikolas Maduroni qo‘lga olish (hokimiyatdan ag‘darish) operatsiyalarini amalga oshirish va loyihalashtirish borasida maslahat va yordam berishi, shuningdek, amaldagi rejimni yo‘q qilib, Xuan Guaydoni Venesuela prezidenti sifati tan olinishini ta’minlashi kerak bo‘lgan.

Venesuela tomonidan shartnomaga muxolifat parlamenti deputati Serxio Vergara imzo qo‘ygan. Muxolifat yetakchisi rahbari va o‘zining Venesuela prezidenti deb e’lon qilgan Xuan Guaydoning imzosi hujjatda yo‘q. Biroq uning ismi muxolifat va Silvercorp’ning umumiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi 6 sahifali kelishuvida qayd etilgan.

Aprel oyining boshlarida Nikolas Maduro mamlakat himoyasi uchun artilleriyani mobilizatsiya qilgandi. O‘shanda u AQSh va Kolumbiya tomonidan moliyalashtirilayotgan qurolli guruhlar koronavirus epidemiyasiga bog‘liq vaziyatdan foydalanib, terrorchilik akti va davlat to‘ntarishini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan.

Oradan bir oy o‘tib, 4-may kuni Venesuela huquq-tartibot organlari mamlakat shimolidagi dengiz hududida kolumbiyalik jangarilarning o‘rnashishga urinishini bartaraf etgan edi. Maduroning so‘zlariga ko‘ra, yollanma jangarilarning asosiy vazifasi uni o‘ldirish bo‘lgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Venesuela milliy assambleya spikeri Xuan Guaydo 2019-yilning 23-yanvar kuni o‘zini vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilgan edi. Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro AQSh bilan diplomatik aloqalar buzilganini e’lon qilgach, AQSh Xuan Guaydoni “o‘tish davrining prezidenti” deya tan olgan. Guaydoni, shuningdek, Isroil, Buyuk Britaniya va Niderlandiya kabi davlatlar ham Venesuela prezidenti sifatida tan olgan. Rossiya esa Maduro hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют