» » Sirdaryoda suv toshqinidan so‘ng 7,5 mingdan ortiq xonadonning gaz, 10 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti tiklandi

Sirdaryoda suv toshqinidan so‘ng 7,5 mingdan ortiq xonadonning gaz, 10 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti tiklandi


O‘zbekiston Energetika vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi va undan keyingi toshqinlar natijasida yuzaga kelgan gaz va elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarni qayta tiklash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish maqsadida maqsadida Farg‘ona, Andijon, Namangan va Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, “Hududgaz Sirdaryo” kompaniyasi xodimlari tomonidan 330 nafar soha mutaxassislari, 76 ta avtotransport vositalari jalb qilingan.

Mavzuga doir: Sirdaryo viloyatidagi favqulodda vaziyat o‘chog‘ida vaziyat qanday? (video)

Amalga oshirilgan ishlar natijasida gaz quvurlarining shikastlangan qismlari va ikki dona gaz taqsimlash qurilmalari texnik soz holatga keltirilib, qayta tiklangan. Natijada Sardoba tumani Paxtaobod shaharchasidagi 3 117 ta, Oqoltin tumanidagi 3 849 ta xonadonda va shu hududlardagi mavjud 192 ta ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti to‘liq tiklangan.

Toshqin sababli boshqa hududlarga evakuatsiya qilingan aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun 223,7 tonna suyultirilgan gaz va 1 000 dona maishiy gaz ballonlar zaxirasi yaratilgan. Shuningdek, favqulodda holat yuz berganidan so‘ng viloyatning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari elektr tarmoqlari inventarizatsiyadan o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Sirdaryoda toshqindan talafot ko‘rgan tumanlarda 50 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Kvartiralar uylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolarga bepul beriladi

Birlamchi hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘rtta 35/10 kilovoltli nimstansiyalar (Sardoba tumanidagi “Yangi hayot”, Mirzaobod tumanidagi “Baliqchi” va “Uchtom”, Oqoltin tumanidagi “Toirov” nimstansiyalari), 106 dona transformator punktlari, 492,7 kilometr elektr uzatish tarmoqlari suv toshqini ostida qolgan.

Elektr uskunalarini soz holga keltirish uchun ikki dona, quvvati 2500 kVA bo‘lgan transformator olib kelinmoqda, 500 dona temir beton tayanchlari, 24 tonna AS rusumli simlar, 73 kilometr SIP mahsuloti, 12 kilometr kabel, 54 dona transformator va 5,5 tonna transformator moyi jamg‘arilgan.

Mavzuga doir: Video: Sardoba suv omboridagi falokatning bartaraf etilish jarayoni

Farg‘ona, Andijon, Namangan va Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasilari tomonidan zudlik bilan qilingan sa’y harakatlar natijasida 10,2 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

“Avariya holatlarini bartaraf etish Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda ruxsat etilgan hududlarda amalga oshirilmoqda. Toshqin oqibatida yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etish ishlari davom etoqda”, — deyiladi Energetika vazirligi axborotida.

Mavzuga doir: Alisher Usmonov Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlar uchun 15 mln dollar xayriya qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют