» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 4753 kishiga, virus qurbonlari soni 31 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 4753 kishiga, virus qurbonlari soni 31 kishiga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 63 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ularning 45 tasi Nur-Sulton shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, deb xabar beradi Tengrinews.

Qozog‘iston poytaxtidan tashqari quyidagi mintaqalarda ham kasallar aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4753 kishiga yetdi, 1518 nafar bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan:

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilib, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va uning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ham muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilgan. Shu sababli aholiga ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatilgan. 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют