» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1688 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1688 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 8-may kuni 12:30 ga qadar koronavirusga chalinganlardan yana 32 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Sirdaryo viloyatida sakkiz nafar, Namangan viloyatida 22 nafar, Andijon viloyatida esa ikki nafar bemor kasallikdan sog‘aygan.

Sirdaryoda sog‘ayganlarning bari Qozog‘istondan kelgach karantinga olinganlardir; kasallik aniqlangach, ular shifoxonaga yotqizilgan edi. Besh nafari Samarqand viloyatidan, ikki nafari Toshkent viloyatidan, bir nafari Sirdaryo viloyatidan. Bemorlarning bari erkak, eng kattasi 44 yoshda, eng kichigi 21 da. Sirdaryoda sog‘ayganlar soni 13 nafarga yetdi.

Namanganda tuzalgan 22 kishining bari shu viloyatning o‘zidan, ular kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. 10 nafari erkak, 12 nafari ayol, eng kattasi 73 yoshda, eng kichigi 7 yoshda. Namangan viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 159 nafarga yetdi.

Andijonda sog‘ayganlarning ikkalasi — 32 yoshli ayol va 28 yoshli erkak — Andijon shahridan, kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Andijon viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 135 nafarga yetdi.

“Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1688 nafarga yetdi”, — deyiladi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida. Eslatib o‘tamiz, 8-may soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2314 nafarga yetgan; o‘tgan vaqt davomida bemorlarning 10 nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 22) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют