» » Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha 17 ta, Janubiy Koreyada esa 12 ta yangi holat aniqlandi

Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha 17 ta, Janubiy Koreyada esa 12 ta yangi holat aniqlandi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 1 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 16 ta holat aniqlandi, 36 nafar bemor tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 83 976 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 78 977 nafari sog‘aygan, 4637 nafar bemor vafot etgan.

Shuningdek, yana 16 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda bunday kishilarning yana 854 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Avvalroq Xitoyning barcha hududlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik xavf pasaygani, mamlakatda koronavirus xavfi o‘rta va yuqori darajada bo‘lgan hududlar qolmagani ma’lum qilingandi.

Janubiy Koreyada esa so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 12 ta holat aniqlandi, 65 kishi tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 10 822 kishi virus yuqtirib olgan, bemorlarning 9 484 nafari sog‘aygan, 256 nafari vafot etgan.

Shuningdek, kamida 365 kishining organizmida ular tuzalganidan keyin ham virus saqlanib qolgani kuzatilgan. Aprel oyi oxirlarida JSST vakili organizmda antitana borligi infeksiya xavf solmasligini anglatmasligini aytgandi. Koronavirusdan tuzalgan odamlar qayta kasallanishdan himoyalanganliklarini isbotlovchi dalillar yo‘qligi haqida JSST avval ham ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya 6-maydan boshlab faqat ehtiyotkorlik va profilaktika choralariga rioya qilishni ko‘zda tutuvchi “kundalik hayotdagi karantin” rejimiga o‘tdi. Maktab va jamoat muassasalari kichik tuzatishlar bilan odatiy faoliyatiga qaytmoqda. Ammo fuqarolar virus yuqishining oldini olish uchun masofa saqlash, qo‘llarni dezinfeksiyalash, niqob taqish kabi asosiy profilaktik choralarga rioya etishi lozim.

Koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning eng yuqori “qizil” darajasi o‘z kuchida qoladi, ammo uni kamaytirish masalasi sharoit o‘zgarishiga qarab ko‘rib chiqilishi mumkin.

Mavzuga doir: Xitoylik olimlar koronavirus mavsumiy kasallikka aylanishini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют