» » Mayk Taysonga regbichi bilan jang uchun 1 mln dollar taklif qilindi

Mayk Taysonga regbichi bilan jang uchun 1 mln dollar taklif qilindi


Avstraliyalik promouter Brayan Amatruda Mayk Tayson ishtirokida ko‘rgazmali jang tashkil qilmoqchi.

U raqib sifatida Yangi zelandiyalik regbichi Sonni Bill Uilyams, avstraliyalik Pol Gallen yoki avstraliyacha futbol sobiq vakili Berri Holl kabi sportchilarni taklif qildi.

“Ha, u 53 yoshda, biroq Tayson yirik figura. Berri Holl, Pol Gallen va Sonni Bill Uilyams — bu yigitlarning istalgan biri u bilan jang qilishga tayyor.

Men 10 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Melburn Arena”da jang tashkil qilishga tayyorman. Yoki “Prins Park”da, Jeff Fenek va Azuma Nelson o‘rtasidagi jangda u yerda 30 ming tomoshabin yig‘ilgandi. Birinchi navbatda Taysonning agentiga qo‘ng‘iroq qildim va undan Maykka 1 million dollar taklif qilishni so‘radim”, — deydi Amatruda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 53 yoshli Tayson ringga qaytgani va bir nechta ko‘rgazmali jangda ishtirok etishi haqidagi ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Taysonning murabbiyi: Mayk 53 yoshida ham mashg‘ulotlarda yosh yigitlardek kuch va tezlik namoyish qilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют