» » Zelenskiy Mixail Saakashvilini islohotlar qo‘mitasiga rahbar etib tayinladi

Zelenskiy Mixail Saakashvilini islohotlar qo‘mitasiga rahbar etib tayinladi


Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini prezident qoshidagi Milliy islohotlar kengashi tarkibiga kiruvchi Islohotlar ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati bergan xabarga tayanib, Meduza xabar berdi.

Dastlab Saakashvili bosh vazirning islohotlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lishi rejalashtirilgan. Saakashvilining o‘zi 22-aprel kuni Vladimir Zelenskiy unga Ukraina hukumatiga qo‘shilish uchun murojaat qilganini aytgan. “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi Saakashvili nomzodini ushbu lavozimga tavsiya etish uchun deputatlarning yetarli darajadagi ovozini to‘play olmagani sababli Oliy Rada uning nomzodini ko‘rib chiqmagan. Ukraina hukumati Saakashvilini islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarligiga nomzod sifatida bergan taklifini rad qilgan.

Islohotlar bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Ukraina prezidenti huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.

Mixail Saakashvili 2015—2016-yillarda Ukrainaning Odessa viloyati ma’muriyatini boshqargan. 2017-yilda o‘sha vaqtdagi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan nizo tufayli Saakashvili mamlakat fuqaroligidan mahrum qilingandi. 2019-yilda Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongach, Saakashviliga mamlakat fuqaroligi qaytarib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют