» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1700 kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1700 kishidan oshdi


Buxoro viloyatida 32 nafar, Xorazm viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va 8-may kuni reabilitatsiyaga kuzatildi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlarning umumiy soni 1721 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Buxoroda shifo topganlarning 21 nafari Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan, yana 1 nafari esa Qirg‘izistondan Buxoroga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 10 nafar bemor esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan.

Tuzalganlarning 10 nafari Buxorodan, 6 nafari Qashqadaryodan, shuningdek, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 4 nafardan, Farg‘onadan 2 nafar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan fuqaro tuzalgan. Bundan tashqari, tuzalganlar orasida 1 nafar Qirg‘iziston fuqarosi ham bor.

Ularning 22 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 78 yoshli onaxon, eng kichigi esa 16 yoshda. Buxoro viloyatida shu paytga qadar koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 404 nafarga yetdi.

Xorazmda tuzalgan 1 nafar erkak bemor 49 yoshda bo‘lib, u Farg‘ona viloyatidan. U Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, mazkur bemor shifoxonaga joylashtirilgan. Endilikda Xorazm viloyatda COVID-19 kasalligidan sog‘ayganlar soni 168 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 8-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 2 314 nafarga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 10 nafar bemor esa vafot etgan.

Kasallanish holatlari soni nisbatan kamayib, epidemiologik vaziyat barqarorlashib borayotgani munosabati bilan, O‘zbekiston hukumati karantin choralarini yumshatishga qaror qilgan, mamlakat “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют