» » “Fiorentina” klubining olti nafar vakilida koronavirus aniqlandi. Ulardan 3 nafari futbolchi

“Fiorentina” klubining olti nafar vakilida koronavirus aniqlandi. Ulardan 3 nafari futbolchi


“Fiorentina” klubining olti nafar a’zosida koronavirus aniqlandi. Bu haqda florensiyaliklar klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uch nafar futbolchi va yana uch xodimning koronavirusga topshirgan qon tahlili ijobiy natija bergan. Ularning ismi oshkor qilinmagan.

Infeksiya yuqtirib olganlar izolyatsiyaga olingan. Shunga qaramay jamoaning qolgan futbolchilari barcha ehtiyot choralarini qo‘llagan holda 8-maydan mashg‘ulotlarga kirishadi.

Aprel oyida “binafsharanglilar”ning Xerman Petsselya, Dushan Vlaxovich va Patrik Kutrone kabi futbolchilari koronavirusdan xalos bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 216 mingdan oshib ketdi. Sog‘ayganlar soni 96 ming kishidan oshgan, vafot etganlar soni esa qariyb 30 ming kishiga yetdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют