» » Koronavirus sabab yo‘llarda o‘lim holati ikki baravarga kamaydi

Koronavirus sabab yo‘llarda o‘lim holati ikki baravarga kamaydi


BMT koronavirus pandemiyasi sabab yo‘llarda sodir bo‘ladigan avariyalar oqibatida yuzaga keluvchi o‘lim holati 50-60 foizga kamayganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Autorambler.

BMTning maxsus vakili Jan Todtning so‘zlariga ko‘ra, karantin tabiiy ravishda barcha turdagi transport vositalari oqim zichligini kamaytirgan.

“Bu, birinchi navbatda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya, Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya, shuningdek, Nyu-Yorkda YTH oqibatida qurbon bo‘ladiganlar sonining 50-60 foizga kamayishiga olib keldi. OAVda Hindiston va Marokashda ham xuddi shu kabi vaziyat kuzatilayotganini ma’lum qilmoqda”, — deydi Todt.

Biroq barcha davlatlarda ham yo‘llarda mashinalar soni kamayganiga proportsional ravishda o‘lim holati kamaymagan. Masalan, Fransiyada mashinalar harakati oqimi ancha past bo‘lsa-da, o‘lim holati 40 foizgagina kamaygan.

Todtning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi holatlar harakatlanish erkin bo‘lib qolgan yo‘llarda tezlikning oshirilishi oqibatida yuzaga kelmoqda.

“Masalan, Manchesterda tezlikning oshirilishiga bog‘liq holatlar 57 foizga o‘sdi. Karantin joriy etilgan muddatning 25 kuni davomida jami 6,2 ming haydovchi tezlikni cheklovchi qoidalarni buzgan”, — deydi BMT maxsus vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘lim holatlarining kamayishi tibbiyot muassasalariga pandemiya vaqtida kamroq murojaat qilinishiga sabab bo‘lmoqda, shuningdek, davolanishga bo‘lgan sarf-xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Kaliforniyada sog‘liqni saqlash tizimi YTH oqibatida sodir bo‘lagan o‘lim holatlarining 50 foizga qisqarishi natijasida kuniga 40 million dollar tejaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют