» » Samarqandda koronavirusga chalingan yana 17 kishi sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 1738 nafarga yetdi

Samarqandda koronavirusga chalingan yana 17 kishi sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 1738 nafarga yetdi


Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va 8-may kuni reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 10 nafari erkak, 7 nafari ayol. Sog‘ayganlar orasida eng kattasi 52 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 2019-yil tug‘ilgan chaqaloq.

Samarqand viloyatida shu paytga qadar koronavirusdan sog‘ayganlar soni 69 nafarga yetdi. O‘zbekistonda ayni paytga qadar koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1738 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 8-may soat 15:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 10 nafarga ko‘payib, 2 324 nafarga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon kasallik oqibatida 10 nafar bemor vafot etgan.

Kasallanish holatlari soni nisbatan kamayib, epidemiologik vaziyat barqarorlashib borayotgani munosabati bilan, O‘zbekiston hukumati karantin choralarini yumshatishga qaror qilgan, mamlakat “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют