» » Shavkat Mirziyoyev: Bosh vazir O‘zbekistonning o‘sish nuqtalari hisoblanadigan yo‘nalishlar bilan shug‘ullanadi

Shavkat Mirziyoyev: Bosh vazir O‘zbekistonning o‘sish nuqtalari hisoblanadigan yo‘nalishlar bilan shug‘ullanadi


Bosh vazir O‘zbekistonning o‘sish nuqtalari hisoblanadigan IT-texnologiyalar, kon-metallurgiya va neft-gaz sohalari bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda “Daryo” manbasi.

“Ko‘p vazifalar Bosh vazir o‘rinbosarlari zimmasiga o‘tadi. Bosh vazir mamlakatning o‘sishini ta’minlaydigan yo‘nalishlar bilan shug‘ullanadi, chet ellarga boradi. Biz juda katta marrani olyapmiz, oldimizga kamida 10-15 yilga mo‘ljallangan rejalarni qo‘ydik. Bu esa boshqaruv tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirishni talab etmoqda”, — deya ta’kidlagan davlat rahbari.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “vazirlarning yarmisini ishidan qoniqmayotgani, kelgusi haftada kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilishi va unda hokimlar emas, vazirlarning hisobotlari tinglanishi hamda shunga qarab xulosa chiqarilishi”ni bildirgan.

“Pandemiya dunyoqarashimni o‘zgartirdi, boshqalarning ham dunyoqarashi o‘zgarishi kerak. Endi eskicha uslub bilan ishlab bo‘lmaydi. Vazirlarning 30 foiz vaqti Toshkentda, 70 foizi esa viloyatlarda o‘tishi kerak. Shunda xalqni tashvishlantiryotgan muammolarni his qiladi, oddiy odamlar bilan ishlashni o‘rganadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Qishloqda, mahallada o‘zgarish bo‘lsa, iqtisodiyot ham rivojlanadi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют