» » Buxoroda yuz bergan kuchli shamol oqibatida qishloq xo‘jaligiga qancha zarar yetgani ma’lum qilindi

Buxoroda yuz bergan kuchli shamol oqibatida qishloq xo‘jaligiga qancha zarar yetgani ma’lum qilindi


O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Buxoro viloyatida 27-aprel kuni yuz bergan kuchli shamol oqibatida qishloq xo‘jaligi sohasiga qancha zarar yetganini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev boshchiligidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa vazirlik, idoralardan iborat respublika ishchi guruhi Buxoroda tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarda zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Davlat rahbarining “Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, tabiiy ofat natijasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yetkazilgan zararlar, ekin maydonlaridagi yo‘qotishlar va nobudgarchiliklarni o‘rnini qoplash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari tiklanmoqda. Nobud bo‘lgan paxta va g‘alla maydonlarini to‘liq o‘rganib chiqib, qisqa muddatlarda boshqa turdagi mahsulotlarni ekishni tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Zarar ko‘rgan issiqxonalarni tiklash va ulardagi ekinlarni parvarishlash bo‘yicha choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Buxoro viloyatida 2172 ta fermer xo‘jaligida 9660 gektar bog‘ mavjud bo‘lib, ushbu maydonlarda joriy yilda 115,8 ming tonna meva yetishtirish belgilangan. Tabiiy ofat natijasida bog‘larning 2616 gektari yoki 27,1 foiziga zarar yetgan. Yo‘qotilgan hosil o‘rtacha 19 721 tonnani yoki 17,03 foizni tashkil qilgan.

Viloyatdagi 115 ta fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jalik korxonalaridagi 253,5 gektar issiqxona talafot ko‘rgan.

Viloyatda 2020-yil hosili uchun 97 900 gektar maydonga chigit ekilgan bo‘lib, tabiiy ofat natijasida 4554 gektar yoki 4,6 foiz maydonga qayta chigit ekiladi.

Viloyat tumanlarida 18 143 ta konturdagi 60 600 gektarda parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlaridan 12 619 gektari yoki 20,8 foizi talafot ko‘rgan.

Respublika ishchi guruhi tomonidan tabiiy ofat natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘ va tokzorlar va issiqxonalarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. G‘o‘za maydonlarida qatqaloqni sindirishga ommaviy safarbarlik hamda kultivatorlarni otryad usulida ishlashini tashkil qilishga doir bir qator amaliy ishlar ham bajarilmoqda.

Mavzuga doir: Buxoroda tabiiy ofat oqibatida jiddiy zarar yetgan 200 dan ortiq ko‘p qavatli uylarni tiklash ishlari davom etmoqda

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda 2020-yil 27-aprel kuni yuz bergan kuchli shamol oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 41 kishi jarohatlangan, shamoldan so‘ng Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam 140 ming xonadon gazsiz qolgan. Buxoro kuchli shamoldan so‘ng elektr ta’minotida eng katta talafot ko‘rgani xabar qilingan. Kuchli shamol vaqtida 38 mingdan ziyod xonadon zarar ko‘rgan. Kuchli shamol oqibatida ro‘y bergan talafotlarni qoplashga davlat budjetdan 100 milliard so‘m ajratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют