» » “Inter” va “Milan” 1 mlrd yevrolik yangi stadion loyihasini namoyish qildi (foto)

“Inter” va “Milan” 1 mlrd yevrolik yangi stadion loyihasini namoyish qildi (foto)


“Inter” va “Milan” klublari “San-Siro” stadioni hamda uning atrofida barpo qilinadigan ko‘ngilochar xiyobonning yangi loyihasini namoyish qildi.

Loyihaning ikki xil varianti taqdim etildi, ularda eski arenaning ma’lum qismlari saqlab qolinadi. “Juzeppe Meatssa”ning faqat pastki tribunalari qoladi va stadion sport-ko‘ngilochar markazining bir qismiga aylanadi.

Yangi o‘yingoh sig‘imi 60 ming tomoshabindan oshmaydi. Arena yonida 106 ming kvadrat metrli yashil hudud barpo etiladi.

Loyiha, taxminan, 1 milliard yevroga baholanmoqda.

Mavzuga doir: “Milan” va “Inter” klublari Milan merining taklifini rad etdi. Ular yangi stadion quradi

“San-Siro” stadioni 1926-yilda qurilgan va unda Milan shahrining ikki klubi o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют