» » Sardobadagi falokat vaqtida aholini qutqarayotgan Milliy gvardiyaning uch xodimi oqib ketgani ma’lum qilindi

Sardobadagi falokat vaqtida aholini qutqarayotgan Milliy gvardiyaning uch xodimi oqib ketgani ma’lum qilindi


Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida falokat yuz bergan vaqtda aholini evakuatsiya qilish ishlari vaqtida Milliy gvardiyaning uch xodimi oqib ketgan. Bu haqda Milliy gvardiyaning Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Qodirov 8-may, juma kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Aholini evakuatsiya qilish tadbirlari vaqtida Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh komandiri, kapitan Sanjar Ibragimov, maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh mutaxassisi, oddiy askar Hazrat Suyunov, jangovar otryad muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi, uchinchi darajali serjant Husniddin Suyarov suv toshqinida oqib ketgan.

“Qidiruv natijasiga ko‘ra, kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 kilometr uzoqlikdagi masofada sog‘ holda topilgan. Uchinchi darajali serjant Suyarovning jasadi 3-may kuni soat 8:00 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi Ahillik qishlog‘i ‘Kichik Bobur’ mahallasidan topilgan. Ming afsuski, oddiy askar Suyunovni qidirish bo‘yicha ishlar hali o‘z natijasini bergani yo‘q”, — dedi Qodirov.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba falokati oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani, bir kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: Sirdaryoda Milliy gvardiya xodimi toshqin ichida qolgan xonadondan to‘qqiz kishini qutqarib chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют