» » AQSh Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun 100 ming dollar ajratmoqda

AQSh Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun 100 ming dollar ajratmoqda


AQSh hukumati, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) qoshidagi Tabiiy ofatlarda yordam ko‘rsatish boshqarmasi orqali, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi toshqin oqibatida jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 100 ming dollar ajratmoqda. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, AQSh hukumati bu mablag‘dan foydalanib suv ombori o‘pirilishi natijasida o‘z uylaridan ko‘chirilgan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa zarur vositalarni tarqatish orqali O‘zbekistonga mazkur inqirozdan qutulish va qayta tiklanishda yordam beradi.

“Sirdaryo viloyati aholisiga chin dildan hamdardlik bildiraman. O‘zbekiston hukumati va fuqarolari ushbu falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun tezda safarbar etildi. AQSh hukumati bu ofatdan zarar ko‘rgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanadi”, — dedi AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum.

Favqulodda ko‘mak bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llashdan tashqari, USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodini diversifikatsiyalash, mintaqaviy savdoni kuchaytirish, sog‘liqqa jiddiy tahdidlarni bartaraf etish hamda aholi ehtiyojlarini qondirish uchun hukumat imkoniyatlarini shakllantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Aprel oyining o‘rtalarida USAID O‘zbekistonga 400 ming dollar qiymatdagi 131 320 kilogramm xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini insonparvarlik yordami sifatida taqdim qilgandi. Ushbu ijtimoiy yordam O‘zbekistonda 35 ming nafarga yaqin kam ta’minlangan aholining ehtiyojlariga sarflanishi va 144 ta ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash muassasalariga tarqatilishi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlar uchun 15 million dollar xayriya qildi. Ushbu mablag‘ning 10 million dollari o‘zbekistonliklarga yordam uchun, 5 millioni esa Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaraal tumani aholisi uchun taqdim etilgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga Sardoba falokatidan zarar ko‘rgan hududlarni tiklashda zudlik bilan yordam berishga tayyorligini bildirgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun “Saxovat karvon”lari jo‘natilmoqda. Xususan, Toshkent, Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlaridan toshqindan jabrlangan sardobaliklar uchun insonparvarlik yordami yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют