» » Qoraqalpog‘istonda Nexia va avtobus to‘qnashdi. 1 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi

Qoraqalpog‘istonda Nexia va avtobus to‘qnashdi. 1 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi


Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida 7-may, payshanba kuni odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 20:10 larda “Oltinsoy” MFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil yo‘lida yuz bergan. 1972-yilda tug‘ilgan M.A. Nexia avtomobilini katta tezlikda boshqarib ketayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Nexia qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi 1990-yilda tug‘ilgan Sh.N. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi 48 yoshli M.A. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchilari M.U. va R.M. (ikkalasi ham 1976-yilda tug‘ilgan) hamda Isuzu yo‘lovchisi 1997-yilda tug‘ilgan M.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Beruniy tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

BMT koronavirus sabab yo‘llarda o‘lim holati ikki baravarga kamayganini ma’lum qildi. Ammo shu haftaning o‘zida O‘zbekistonda odam o‘limi bilan yakunlangan bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 4-may kuni Samarqandning Urgut tumanida “Jiguli” va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 22 yoshli ayol va uning 2 yoshli bolasi, Qashqadaryoning G‘uzor tumanida Lacetti asfalt yotqizish mashinasiga urilishi oqibatida 31 yoshli haydovchi, 5-may kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida Nexia-3 avtomobili svetoforning qizil chirog‘idan katta tezlik o‘tib simyog‘ochga urilishi oqibatida 26 yoshli haydovchi, Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Matiz kanalga tushib ketishi oqibatida 31 yoshli haydovchi hamda uning 30 va 22 yoshli yo‘lovchilari vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют