» » Sirdaryodagi toshqinlar oqibatida yo‘qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarildi

Sirdaryodagi toshqinlar oqibatida yo‘qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarildi


Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Milliy gvardiya bo‘linmalaridan jami 2500 dan ortiq shaxsiy tarkib va 100 ga yaqin texnika jalb qilingan. Bu haqda Milliy gvardiya tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Qodirov 8-mat, juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Mirzobod tumani, “Navbahor” MFYdagi talafot ko‘rgan fuqarolarga 100 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari, 20 mingdan ortiq kiyim-kechak, 4 mingdan ortiq turli xil xo‘jalik buyumlari, 6 mingdan ortiq tibbiy va gigiyenik vositalar moddiy yordam sifatida topshirilgan.

Shuningdek, Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan yo‘qolgan buyumlar, televizorlar va bitta Damas avtomobili topilib, o‘z egalariga yetkazilgan. Yo‘qolgan va qarovsiz qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarildi.

Milliy gvardiya ishchi guruhi xodimlari tomonidan boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda xonadonlar tekshirilib, 1500 mingdan ortiq dalolatnomalar tuzildi.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya tomonidan 15 ta blokpost tashkil etildi. Jamoat tartibini saqlash maqsadida 67 nafar xodim va uchtadan ortiq transport vositasi yordamida patrul xizmati olib borilmoqda va 400 dan ortiq xonadonga amaliy yordam berilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют