» » Mudofaa vazirligi askarlari tomonidan Sirdaryodagi toshqin oqibatida zarar ko‘rgan 800 dan ortiq xonadon tartibga keltirildi

Mudofaa vazirligi askarlari tomonidan Sirdaryodagi toshqin oqibatida zarar ko‘rgan 800 dan ortiq xonadon tartibga keltirildi


Sirdaryoda yuz bergan toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun Mudofaa vazirligi tomonidan 1000 dan ortiq texnika, tegishli mutaxassislar va shaxsiy tarkib jalb etilgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov 8-mart, juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vazirlik qo‘shinlari tomonidan talafot yetgan tumanlarda ijtimoiy obyektlar, mahallalar va uylar tartibga keltirilmoqda. Xususan, 800 dan ortiq xonadonni tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda hamda o‘z egalariga topshirilmoqda.

Yuqumli kasalliklarning oldini olish va sanitar holatni saqlash maqsadida 300 ta dezinfeksiya mashinasi va 30 ta maxsus brigada bilan dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Nobud bo‘lgan hayvonlarni maxsus qo‘shin mutaxassislari tomonidan ko‘mish ishlari tashkil qilingan. Topilgan qarovsiz chorva mollari va aholining buyumlari o‘z egalariga qaytarilmoqda.

Toshqin oqibatida buzilgan ko‘prik va yo‘llarni qayta tiklash uchun maxsus ponton ko‘priklardan foydalanilmoqda. Bu esa zarar ko‘rgan hududlarga maxsus texnikalarning yetib borishiga imkon bermoqda.

Mudofaa vazirligi aloqa mutaxassislari simli va uyali aloqaning tiklanishiga yordam ko‘rsatmoqda. Harbiy havo kuchlari tomonidan har kuni qutqaruv ishlari uchun 30 dan ortiq parvoz amalga oshirilmoqda. Harbiy shifokorlar tomonidan 400 dan ortiq fuqaroga yordam va 2190 nafardan ortiq fuqaroga psixologik ko‘mak ko‘rsatildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют