» » “Inter” “Arsenal”ga hujumchi almashtirishni taklif qiladi

“Inter” “Arsenal”ga hujumchi almashtirishni taklif qiladi


Milanning “Inter” klubi ayni damda PSJda ijarada harakat qilayotgan hujumchisi Mauro Ikardini Londonning “Arsenal”iga taklif qilishga tayyor, deb xabar bermoqda Tuttosport.

Qayd etilishicha, “Inter” yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ga o‘tishi kutilayotgan Lautaro Martines o‘rniga boshqa forvard olib kelishni rejalashtirmoqda. Ro‘yxatda esa “Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang ham bor. Milanliklar Mauro Ikardini ijaradan qaytgandan so‘ng “Arsenal”ga taklif qilib, uning o‘rniga Obameyangni so‘rashni xohlamoqda.

Gabonlik hujumchining London klubi bilan shartnomasi 2021-yil 30-iyunida yakuniga yetadi. Hozircha futbolchi “to‘pchilar” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

Joriy mavsum Obameyang APL doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Yevropa Ligasida oltita bahsda uchta gol urdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют