» » Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 187 mingdan, vafot etganlar soni esa 1700 nafardan oshdi

Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 187 mingdan, vafot etganlar soni esa 1700 nafardan oshdi


Rossiyada oxirgi bir sutka ichida COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida 98 kishi vafot etgan. Ushbu oraliqda 1723 nafar odamda kasallik borligi aniqlangan. Bu haqda tezkor shtab ma’lumotiga tayanib “RBK” xabar qildi.

Moskva shahrining o‘zida bir sutka davomida 51 kishi COVID-19 koronavirusi keltirib chiqargan kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Epidemiya boshlanganidan beri Rossiya poytaxtida 956 nafar bemor koronavirus oqibatida vafot etgan. Moskva viloyatida 175 nafar (bir sutka ichida 19 ta yangi holat kuzatildi), Sankt-Peterburgda 48 nafar (bir sutka ichida 4 ta yangi holat) odam kasallik qurboniga aylangan. Ingushetiya Respublikasi, Nijegorod viloyati hamda Krasnodar o‘lkasida ham 20 tadan ko‘p o‘lim holati kuzatilgan.

Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri 26,6 ming kishi koronavirusdan tuzalgan. Oxirgi bir sutka ichida sog‘ayganlar safi 2805 taga ko‘paygan. Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘ringa chiqib olgan.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirus kasalligi ayollarga nisbatan erkaklarda og‘irroq o‘tayotgani ma’lum qilindi

Rossiya Federatsiyasida COVID-19 koronavirusi infeksiyasini yuqtirib olganlarning umumiy soni 187 859 nafarga yetgan. Bir sutka davomida 10 699 kishi koronavirusga chalingani aniqlangan. Mamlakatda ketma-ket besh kundan buyon yangi kasallanganlar soni 10 mingtadan kamaymayapti. Hukumat ushbu holatni koronavirusga test qilishning takomillashganligi bilan izohlagan.

“Koronavirus borligini aniqlashda o‘sish kuzatilishi kasallanish holatlari keskin ortganligini anglatmaydi”, — deya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hisobot bergan Moskva meri Sergey Sobyanin.

Sobyanin Moskvadagi hayot pandemiyadan avvali darajaga qaytishi qisqa fursatda sodir bo‘lmasligini ta’kidlagan. Shahar ma’muriyati “o‘zni yakkalash” tartibini 31-mayga qadar uzaytirgan, shuningdek, poytaxt aholisidan 12-maygacha tibbiyot niqoblari hamda qo‘lqoplarini taqish tartibiga amal qilishni so‘ragan. Ushbu qoidaga amal qilmagan fuqaroga 4-5 ming rubl (taxminan, 550-690 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют