» » O‘zbekistonga 2020-yilning birinchi choragida 1,2 mln sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga 2020-yilning birinchi choragida 1,2 mln sayyoh tashrif buyurdi


O‘zbekistonga 2020-yilning yanvar-mart oylarida turizm maqsadida tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar soni 1,2 million kishini tashkil qildi. Mazkur ko‘rsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan 12 foizga kamaygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilingan.

Hisobotga ko‘ra, tashrif buyurgan sayyohlarning 87,9 foizi O‘zbekistonga qarindoshlarini ziyorat qilish, 9,3 foizi sayohat, 1,2 foizi davolanish uchun, 0,7 foizi ish bilan, 0,6 foizi xizmat safari bilan va 0,3 foizi o‘qish bo‘yicha kelgan.

Birinchi chorak davomida MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 1,16 million kishini (95,6 foiz), xorijiy davlatlardan kelganlar esa 53,6 ming kishini (4,4 foiz) tashkil qilgan.

Mamlakatga kelgan xorijiy fuqarolarning eng ko‘pi Qozog‘istondan tashrif buyurgan, ularning soni 397,6 ming kishini tashkil qilgan. Shuningdek, Tojikistondan 332,7 ming kishi, Qirg‘izistondan 298,1 ming kishi, Rossiyadan 64,7 ming kishi, Turkmanistondan 60,6 ming kishi, Ozarbayjondan 2 ming kishi va Belarusdan 1,2 ming kishi O‘zbekistonga kelgan.

Uzoq xorijdan sezilarli oqim Turkiyadan (13,5 ming kishi), Janubiy Koreyadan (5,2 ming), Xitoydan (3,7 ming), Hindistondan (3,6 ming), Yaponiya (1,3 ming kishi) va Fransiyadan (0,9 ming) kuzatilgan.

Xorijiy fuqarolarning asosiy tarkibiy qismi 31—55 yoshlilar tashkil qilgan bo‘lib, ularning ulushi 53,1 foizga yetgan. Shuningdek, 19—30 yoshlilar 19,5 foizni, 56 yosh va undan kattalar 19,4 foizni, 0—18 yosh oralig‘idagilar esa 8 foizni tashkil qilgan.

Yilning birinchi choragida mamlakatni turistik maqsadlar uchun tark etgan O‘zbekiston fuqarolarining soni 1,4 million kishini tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,7 foizga kamaygan.

Ulardan 1,33 million kishi yoki 92,7 foizi MDH mamlakatlariga, 104,3 ming kishi yoki 7,3 foizi esa boshqa mamlakatlarga ketgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют