» » JSST koronavirusning dastlab Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bolganiga aniq dalillar yoqligini malum qildi

JSST koronavirusning dastlab Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bolganiga aniq dalillar yoqligini malum qildi


Jahon sogliqni saqlash tashkiloti Xitoyning Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozori koronavirus bilan kasallanishning dastlabki manbasi bolganligini tasdiqlovchi malumotlarga ega emas. Bu haqda JSSTning hayvonlardan odamlarga otadigan infeksiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi boyicha eksperti Piter Ben Embarek malum qildi, deb yozmoqda TASS.

Bu bozor virusning tarqalishida qandaydir rol oynagan yoki paydo bolish manbasi sifatida, yoki uning tarqalishida. Biroq biz bozor virusning paydo bolish manbasi bolgan yoki yoqligini aniq bilmaymiz, deya tushuntirish bergan ekspert.

Embarek xaridorlar yoki sotuvchilardan kimdir virusni bozorga olib kelgan bolishi mumkinligi, natijada virus aholi orasida tarqalganini istisno qilmagan.

Ekspertning takidlashicha, Uxanda qayd etilgan dastlabki kasallik holatlari ogir shaklda kechgan. Biroq keyinchalik kasallik yengilroq otishi mumkinligi haqida ham malumotlar olingan. Bu bozorga aloqasi bolmagan bazi kishilar qanday qilib virus bilan kasallanganligini tushuntirishi mumkin. Biz virus tarqalishining boshida nima bolganini bilmaymiz, degan ekspert.

Ekspert yangi turdagi koronavirusning manbasi korshapalaklar bolishi mumkinligi haqidagi savolga ham javob bergan. Embarekning aytishicha, koronavirusning bundan oldingi barcha turlari korshapalaklarda aniqlangan, shuning uchun yangi virus ham korshapalaklardan kelib chiqqan degan umumiy fikr mavjud. Avvalgi koronaviruslarning hozirgi SARS-CoV-2 virusi bilan yaqinligi bolishiga qaramasdan, yangi virusning kelib chiqishini aniq bilish uchun bu yetarli emas. Barcha viruslar bir-biri bilan boglangan, biroq ular orasida masofa mavjud, deya takidlagan ekspert.

Koronavirusning Uxandagi biolaboratoriyada yaratilgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirgan Embarek koronavirus bilan ishlaydigan laboratoriyalar odatda hayvonlar bilan ishlamasligiga etibor qaratgan. Uning aytishicha, koronavirus bilan ishlaydigan laboratoriyalar turli hayvonlarning biomaterial namunalarini oladi, keyin koronaviruslar aniqlanadi va ular organiladi. Hayvonlarni organish esa maxsus laboratoriyalarda amalga oshiriladi va umuman boshqa turdagi laboratoriya hisoblanadi.

AvvalroqFox News telekanali koronavirusning Uxanda laboratoriya sharoitida yaratilganinitaxmin qilgandi. Donald Tramp ham koronavirus laboratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalillariborligini bildirgan.AQSh davlat kotibi Maykl PompeoXitoy kasallik tarqalishi yuzasidan muhim axborotga ega bolgani, ammo uni oz vaqtidaoshkor qilmaganiniaytgan.

Bunga javoban JSST AQSh koronavirus laboratoriyada yaratilgani togrisida hech qandaymalumot taqdim etmaganini, koronavirus Xitoy laboratoriyalarida paydo bolgani togrisidagi bayonotni spekulyativ deb aytgan.

Avstraliyaning The Daily Telegraph nashri AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya maxsus xizmatlarini birlashtiruvchi Besh koz razvedka alyansi tomonidan tayyorlangan 15 varaqli hisobotga tayanib, Xitoy COVID-19 koronavirus infeksiyasiga oid dalillarni qasddan yoq qilib yuborganiniyozgandi.

The Guardian garb maxsus xizmatlarida Xitoy koronavirus haqidagi malumotlarni yashirganligiga oid dalillar yoqligini, Avstraliya gazetadagi malumotlar Besh koz razvedka alyansidan emas, AQShning ozidan kelganinibildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (8-05-2020, 21:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -