» » Qashqadaryoda Cobalt “Kamaz”ning ortidan borib urildi. Haydovchi vafot etdi

Qashqadaryoda Cobalt “Kamaz”ning ortidan borib urildi. Haydovchi vafot etdi


Qashqadaryo viloyatida 7-may, payshanba kuni Cobalt va “Kamaz” yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa soat 18:30 lar atrofida Kasbi tumani hududidan o‘tgan 4R-90 Qarshi—Beshkent—Kasbi—Koson avtomobil yo‘lining 29-kilometrida yuz bergan. Cobalt avtomobilini boshqarib ketayotgan 1967-yilda tug‘ilgan R.R. o‘zidan oldinda shu yo‘nalishda chap tomonga burilayotgan, 1989-yilda tug‘ilgan F.I. boshqaruvidagi “Kamaz 5511” yuk mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Ammo Cobalt “Kamaz”ning orqa chap tomoniga borib urilgan.

53 yoshli R.R. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kasbi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

BMT koronavirus sabab yo‘llarda o‘lim holati ikki baravarga kamayganini ma’lum qildi. Ammo shu haftaning o‘zida O‘zbekistonda odam o‘limi bilan yakunlangan bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 4-may kuni Samarqandning Urgut tumanida “Jiguli” va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 22 yoshli ayol va uning 2 yoshli bolasi, Qashqadaryoning G‘uzor tumanida Lacetti asfalt yotqizish mashinasiga urilishi oqibatida 31 yoshli haydovchi, 5-may kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida Nexia-3 avtomobili svetoforning qizil chirog‘idan katta tezlikda o‘tib, simyog‘ochga urilishi oqibatida 26 yoshli haydovchi, Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Matiz kanalga tushib ketishi oqibatida 31 yoshli haydovchi hamda uning 30 va 22 yoshli yo‘lovchilari, Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida Nexia avtobusga urilishi oqibatida 48 yoshli haydovchi vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют