» » Toshkent viloyatida shahar va tumanlar “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratildi

Toshkent viloyatida shahar va tumanlar “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratildi


Toshkent viloyatidagi shahar va tumanlar mazkur hududlardagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq ravishda “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan Yangiyo‘l shahri hamda Oqqo‘rg‘on, Zangiota va Parkent tumanlari “qizil” hududlar qatoriga kirgan.

Oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo‘lgan Angren shahri, Chirchiq shahri, Bekobod tumani, Qibray tumani, Quyi Chirchiq tumani, O‘rta Chirchiq tumani, Chinoz tumani, Yuqori Chirchiq tumani, Toshkent tumani ayni paytda “sariq” hududlar hisoblanadi.

“Yashil” hududlar, ya’ni koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan hududlar qatoridan Olmaliq shahri, Ohangaron shahri, Bekobod shahri, Nurafshon shahri, Ohangaron tumani, Bo‘stonliq tumani, Bo‘ka tumani, Piskent tumani o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, mamlakat “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratildi. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari “qizil” hududlar hisoblanadi. Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, Toshkent shahri “sariq” hududlar bo‘lib turibdi. Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari esa “yashil” hududlar qatorini tashkil qilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har bir viloyat hududidagi tuman va shaharlarni ham ana shu toifaga ajratish kerakligini aytgandi. Unga ko‘ra, “yashil” viloyatdagi biror-bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasi o‘zgartirilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют