» » Farg‘onada karantin qoidalarini buzib, IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan bloger 13 sutkaga qamaldi

Farg‘onada karantin qoidalarini buzib, IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan bloger 13 sutkaga qamaldi


Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida karantin qoidalarini buzib, IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan bloger 13 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Qo‘qon shahar ma’muriy sudi raisi Nodirjon Hojimatov ma’lum qildi.

Ma’lumot berilishicha, o‘zini bloger sifatida tanishtirgan fuqaro Dilshod Daliyev 2020-yil 1-may kuni, taxminan, soat 17:50 larda karantin qoidalariga zid ravishda, uzrli sabablarni isbotlovchi holatlarsiz Uchko‘prik tumanida o‘rnatilgan vaqtinchalik karantin postiga tanishi A.R.ga tegishli Nexia avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelgan. Mazkur postda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlaridan postni olib tashlash va avtomashinalarni o‘tkazib yuborishni talab qilgan. Baqir-chaqir qilib, voqeani telefoni orqali video tasvirga olib, ularning qonuniy talablariga bo‘ysunmay postdan ruxsatsiz o‘tgan. Shuningdek, fuqarolarning to‘planishiga va avtomashinalarning tirbandligi yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan.

Mazkur huquqbuzarlik holati Qo‘qon shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Fuqaro Dilshod Daliyevning sud majlisida tushuntirish berishicha, ko‘zini ko‘rsatish uchun shifoxonaga ketayotgan paytda u IIB xodimlari oldiga borib, avtomashinani o‘tkazib yuborishni so‘ragan. Ammo ular postdan avtomashinani o‘tkazmasdan, boshqa yo‘ldan aylanib kelishni tavsiya qilgan. Bundan jahli chiqqan bloger ularning xatti-harakatini telefoni orqali video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylagan. IIB xodimlariga Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida karantin holati yumshatilgani haqida tegishli qarorlar chiqarilganini aytib, baqir-chaqir qilgan. U bank sohasida ishlab, ishdan bo‘shatilganligi uchun blogerlik bilan shug‘ullanayotganligini ma’lum qilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasining 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 13 sutkaga qamalgan.

IIB xodimlarining xatti-harakatlarida va huquqbuzarning video yozuvni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish harakatida qonun buzilish holatlari bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida Qo‘qon shahar prokuroriga taqdimnoma yuborilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют