» » Xakerlar 2015-yilda Angela Merkel pochtasidan minglab xatlarni o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi

Xakerlar 2015-yilda Angela Merkel pochtasidan minglab xatlarni o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilindi


Germaniyaning Der Spiegel nashrining yozishicha, xakerlar 2015-yilda Bundestagga hujum paytida Germaniya kansleri Angela Merkelning ikki pochtasidan parlament ofisidagi 2012-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan yozishmalarini ko‘chirib olgan bo‘lishi mumkin.

Nashrda yozilishicha, Federal jinoyat politsiyasi idorasi (BKA), axborot xavfsizligi bo‘yicha federal idora hamda Karlsrue shahridagi xususiy firmasi xakerlar hujumini qisman tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Ularning aniqlanishicha, xakerlar Merkelning parlament idorasida 2012-yildan 2015-yilgacha bo‘lgan barcha yozishmalarini o‘z ichiga olgan ikkita pochtasini ko‘chirib olgan. O‘g‘irlangan ma’lumotlarning umumiy hajmi 16 gigabaytni tashkil etgan.

Xakerlar yozishmalarni to‘liq ko‘chirib olganmi yoki uning bir qisminimi, “buni endi aniq ishonch bilan aytib bo‘lmaydi”, degan nashrning xavfsizlik idoralariga yaqin manbalari. Shuningdek, ta’kidlanishicha, ma’lumotlar muhim va qisman maxfiylashtirilgan ma’lumotlar saqlanuvchi kansler idorasidan emas, Merkelning  parlamentdagi ofisidan o‘g‘irlangan.

Spiegel xakerlar Rossiya hukumati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilgan, lekin buni isbotlovchi dalillar keltirilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют