» » Sirdaryo viloyati IIB Mirzaobod tumanida fuqarolarning chorva mollari talon-toroj qilinayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Sirdaryo viloyati IIB Mirzaobod tumanida fuqarolarning chorva mollari talon-toroj qilinayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi


Sirdaryo viloyati IIB Mirzaobod tumanida fuqarolarning mol-mulki, chorva mollari talon-toroj bo‘layotganligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu kabi asoslanmagan xabarlarda xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan tarqatilmoqda. Aslida IIBga va viloyatdagi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ushbu mazmundagi murojaatlar kelib tushmagan.

Xabarda falokat yuz berib, aholisi evakuatsiya qilingan hududlar ichki ishlar organlari tomonidan to‘liq nazoratga olinib, xavfsizligi ta’minlanayotgani qayd etilgan. Sirdaryo viloyati IIBning ma’lum qilishicha, suv toshqini oqibatida hududda 3743 ta chorva mollari nobud bo‘lgan.

Omon qolgan 4274 chorva mollari xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan va o‘z egalariga topshirilmoqda. Mirzaobod tumanining “Navbahor” mahallasi beda maydonida 200 dan ortiq chorva mollari Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘riqlanmoqda.

“Chorva mollari saqlanayotgan maydonda to‘siq postlar tashkil qilingan. Mazkur postda chorva mollarini olib ketayotgan har bir yuk mashinasi va piyodalar nazoratdan o‘tkazilib, ushbu mulk aynan shu fuqaroga tegishli ekanligi sinchiklab o‘rganilib, jarayon foto va videotasvirga olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘nggina chorva mollari o‘z egalariga qaytariladi. Bu orqali chorva mollari va boshqa narsa-buyumlar tuman hududidan noqonuniy olib chiqilishining oldi olinyapti.

Chorva mollarini yo‘qotgan (o‘g‘irlatgan) fuqarolardan chorva mollarini olib ketishlarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют