» » “Real” Pogba transferidan voz kechdi

“Real” Pogba transferidan voz kechdi


“Real” klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba transferidan voz kechdi, deya xabar qilmoqda Marca.

Ta’kidlanishicha, madridliklar klubining fransiyalik yarim himoyachiga bo‘lgan qiziqishi so‘ngan. Endilikda jamoa “Renn” vakili Eduardo Kamavinga va “Chelsi” yetakchisi Ngolo Kante variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

2019/20-yilgi mavsumda Pogba Premyer Ligada 7 ta va Angliya Liga Kubogida bitta o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida ikkita samarali uzatma bor.

Joriy mavsum Kante “Chelsi” safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urishga erishdi. Kamavinga esa 36 o‘yinda ishtirok etib, 1 gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют