» » AQSh vitse-prezidentining matbuot kotibida koronavirus aniqlandi

AQSh vitse-prezidentining matbuot kotibida koronavirus aniqlandi


AQSh vitse-prezidenti Maykl Pensning matbuot kotibi Keti Millerda koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Trampga tayanib, CNN xabar berdi.

“Keti, ajoyib yosh ayol. U uzoq vaqt davomida testlardan yaxshi o‘tdi, bugun esa kutilmaganda test ijobiy natija ko‘rsatdi”, — deydi AQSh prezidenti Tramp.

7-may kuni matbuot kotibning test natijalari salbiy chiqqan, 8-may kuni esa — ijobiy natija ko‘rsatgan. Trampning ta’kidlashicha, Miller u bilan aloqada bo‘lmagan, biroq u Pens bilan muloqotda bo‘lgan.

Prezident Oq uyda koronavirus tarqalishidan xavotirda emasligini bildirgan. Mamlakat rahbarining ta’kidlashicha, test o‘tkazish konsepsiyasi ideal emas, shuningdek, testlar orasida “biror nima sodir bo‘lishi mumkin”.

Pensning matbuot kotibi Keti Miller Trampning maslahatchisi Stiven Millerning rafiqasi hisoblanadi. Ular vitse-prezident bilan birga 8-may kuni Ayova shtatiga uchishi kerak edi. Oq uydagi yuqori martabali amaldorning so‘zlariga ko‘ra, u parvozga oz qolganida muloqotda bo‘lgan olti kishi bilan birga reysdan olingan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusning o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 3-may kuni AQShda koronavirusdan vafot etuvchilar soni haqidagi prognozida ko‘rsatgan raqamni kattarog‘iga almashtirgan. U avval 60-65 ming atrofida odam kasallikdan o‘ladi degan bo‘lsa, Fox News’ga bergan intervyusida vafot etganlarning soni 75-100 mingga yaqin bo‘lishini taxmin qilgan. 8-may holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus qurbonlari soni 75 ming kishidan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют