» » Xitoyda bir sutkada yana 16 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda bir sutkada yana 16 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 1 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 15 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 83 976 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 78 993 nafari sog‘aygan, 4637 nafar bemor vafot etgan.

Kasallik dastlab 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lgan. Keyinchalik Xitoyning boshqa hududlariga, barcha Yevropa davlatlariga, AQSh, Yaponiya, Isroil va dunyoning boshqa davlatlariga tarqalgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo koronavirusga chalinganlar soni 3,7 million kishidan, vafot etganlar soni esa qariyb 260 ming kishi yetdi. Jons Hopkins ma’lumotlarida esa dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 3,9 million kishidan, virus qurbonlari soni esa 274 898 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq JSST pandemiyaga qarshi kurashish uchun 1,7 mlrd dollar kerakligini ma’lum qilgani, shuningdek, koronavirusning dastlab Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lganiga aniq dalillar yo‘qligini aytgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus xavfi o‘rta va yuqori darajada bo‘lgan hududlar qolmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют