» » Video: Jeep Wrangler krash-test vaqtida ikki marta ag‘darilib ketdi

Video: Jeep Wrangler krash-test vaqtida ikki marta ag‘darilib ketdi


AQSh Avtomobil yo‘llari xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) yangi avlod Jeep Wrangler’ini krash-testdan o‘tkazdi va kutilmagan muammoga duch keldi: yo‘ltanlamas to‘siqlar bilan to‘qnashuv sodir etganda to‘rt g‘ildirakda tura olmaydi. Sinov vaqtida avtomobil ikki marotaba ag‘darilib ketgan, deb xabar beradi Motor.

IIHS tomonidan e’lon qilingan videoda 2019-yil ishlab chiqarilgan Wrangler yo‘ltanmasi haydovchi tomoni bilan qisman to‘siqqa urilib, o‘ng tomonga ag‘darilib ketgan. Jami bir necha bor shu turdagi sinovlar o‘tkazilgan va uchtadan ikki holatda natija bir xil — avtomobil ag‘darilib ketavergan.

Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar yo‘ltanlamasga mavjud to‘rt balldan ikki ball qo‘ygan. Chunki ag‘darilish jarohat olish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, Wrangler’ning yon xavfsizlik pardalari yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют