» » O‘zgarmas yetakchilar, o‘sishga erishgan Inyesta va top-10 ni tark etishga yaqin turgan Kaka. 2011-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

O‘zgarmas yetakchilar, o‘sishga erishgan Inyesta va top-10 ni tark etishga yaqin turgan Kaka. 2011-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)


Transfermarkt portali 2011-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.

2011-yilda ham eng qimmat o‘yinchi maqomi “Barselona” hujumchisi Lionel Messida qoladi — 100 million yevro. Keyingi pog‘onadan Krishtianu Ronaldu (90 million yevro) o‘rin olgan. Kuchli uchlikda Xavi o‘rnini Andres Inyesta egallaydi. Shuningdek, kuchli o‘nlikda yangi futbolchi nomi kuzatilmaydi. Bir yil avvalgi futbolchilarning ba’zilari o‘rin almashadi, xolos.

2011-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:

1. Lionel Messi — 100 million yevro

2. Krishtianu Ronaldu — 90 million yevro

3. Andres Inyesta — 65 million yevro

4. Ueyn Runi — 55 million yevro

5. Fransesk Fabregas — 55 million yevro

6. Xavi — 50 million yevro

7. David Vilya — 50 million yevro

8. Fernando Torres — 50 million yevro

9. Frank Riberi — 45 million yevro

10. Kaka — 45 million yevro

To‘liq ro‘yxat:

2011-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Iker Kasilyas (35 million yevro);

Himoyachilar: Nemanya Vidich (37), Xerard Pike (38), Dani Alves (35);

Yarim himoyachilar: Fransesk Fabregas (55), Xavi (50), Krishtianu Ronaldu (90), Andres Inyesta (65), Lionel Messi (100);

Hujumchilar: David Vilya (50), Ueyn Runi (55).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют