» » Qozog‘iston prezidenti suvdan oqilona foydalanish masalasi O‘zbekiston bilan hal etilishi ma’lum qildi

Qozog‘iston prezidenti suvdan oqilona foydalanish masalasi O‘zbekiston bilan hal etilishi ma’lum qildi


Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi O‘zbekiston bilan hal qilinadi. Bu haqda Qozog‘iston prezideni Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.

“Toshqindan jabr ko‘rgan Turkiston viloyati Maqtaaral tumani aholisi yangi yoki ta’mirlangan uy joy bilan to‘liq ta’minlanadi. Ularning har biriga respublika budjetidan 100 ming tenge beriladi. Vaziyat nazorat ostida”, — deb yozgan To‘qayev.

Shuningdek, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish masalasi O‘zbekiston tomoni bilan yaqindan hamkorlik qilish asosida hal etilishini qo‘shimcha qilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston hukumati Sardoba suv omboridagi falokat sabab qo‘shni mamlakatda yuz bergan suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etishda qozog‘istonlik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qilishini bildirgandi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, shu kunning o‘zida O‘zbekiston suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish uchun Qozog‘istonga 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikalaridan iborat qo‘shimcha kuch va vositalar jo‘natildi.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilingandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toshqin natijasida viloyat hududida 30 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Mazkur favqulodda holatni muhokama qilish uchun Qozog‘iston rasmiylari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют