» » Jizzaxda Cobalt haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolib YTH qurboni bo‘ldi

Jizzaxda Cobalt haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolib YTH qurboni bo‘ldi


Jizzax viloyatida 8-may kuni Cobalt haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa soat 09:00 larda G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent—Termiz M-39 avtomobil yo‘lining 1029-kilometrida yuz bergan. 1989-yilda tug‘ilgan D.M. Cobalt avtomobilini Toshkent—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, charchoq sababli rulda uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

31 yoshli D.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jizzaxda bir hafta avval ham haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida YTH yuz bergandi. 29-aprel kuni Toshkent—Termiz M-39 avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan Matiz haydovchisi uxlab qolishi oqibatida mashina ag‘darilib ketgandi. Oqibatda 25 yoshli haydovchi va 13 yoshli yo‘lovchi halok bo‘lgan. Mashina salonida bo‘lgan 4 kishi esa shifoxonaga yotqizilgandi.

BMT koronavirus sabab yo‘llarda o‘lim holati ikki baravarga kamayganini ma’lum qildi. Ammo shu haftaning o‘zida O‘zbekistonda odam o‘limi bilan yakunlangan bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 4-may kuni Samarqandning Urgut tumanida “Jiguli” va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 22 yoshli ayol va uning 2 yoshli bolasi, Qashqadaryoning G‘uzor tumanida Lacetti asfalt yotqizish mashinasiga urilishi oqibatida 31 yoshli haydovchi, 5-may kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahrida Nexia-3 avtomobili svetoforning qizil chirog‘idan katta tezlikda o‘tib, simyog‘ochga urilishi oqibatida 26 yoshli haydovchi, Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Matiz kanalga tushib ketishi oqibatida 31 yoshli haydovchi hamda uning 30 va 22 yoshli yo‘lovchilari, Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida Nexia avtobusga urilishi oqibatida 48 yoshli haydovchi, Qashqadaryoning Kasbi tumanida Cobalt yuk mashinasining ortidan borib urilishi oqibatida 53 yoshli haydovchi vafot etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 118) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют