» » Perm olkasida maktab oquvchilari internet yomonligi sabab uyali aloqa minorasiga chiqib oldi. Buning uchun ular royxatga olinadi

Perm olkasida maktab oquvchilari internet yomonligi sabab uyali aloqa minorasiga chiqib oldi. Buning uchun ular royxatga olinadi


Rossiyaning Perm olkasida joylashgan Novopetrovka qishlogi maktab oquvchilari internet yaxshi ishlamagani sabab uy vazifalarini yuborish uchun uyali aloqa minorasiga chiqishga majbur boldi, deb xabar beradi Zvezda telekanali.

Mahalliy aholining sozlariga kora, qishloqda internet yaxshi ishlamaydi har bir uy vazifasini yuklab olish uchun bir necha soatlab kutish kerak, ularni yuborish uchun esa yana shuncha vaqt ketadi. Biz ikki soatlab shunchaki kirishni kutamiz. Shundan keyin uy vazifasining yuklanishini kutamiz. Biz kuniga qariyb 12 soat dars qilyapmiz, deydi oquvchilardan birining onasi.

1-sonli Oktyabrsk orta maktabining matematika oqituvchisi Margarita Habibirahmanova ham qishloqda internet bilan bogliq muammo haqida sozlab bergan. Men barcha oquvchilardan uy vazifasini qabul qilib olishim kerak, bu kuniga bazan 100 taga yetadi. Internet juda sekin va bu muammo, deydi oqituvchi.

Uyali aloqa minoralariga bolalar bilan ularning ota-onalari ham chiqmoqda. Aholi internet-provayder va mahalliy hukumatga muammo haqida yozgan, biroq ular uyali aloqani yaxshilashdan bosh tortgan, chunki qishloqdan 100 kishidan kamroq odam yashaydi. Novopetrovkaliklar 10 kilometr uzoqlikdagi minoraga kuchaytirgich qoyib berishni soragan, biroq tuman mamuriyati keyinroq yordam berishni vada qilgan. Hokimiyat vaziyatga baribir oz munosabatini bildirdi maktab oquvchilari uy vazifalarini daftarga bajaradi va ular yigilib, oqituvchilariga olib boriladigan boldi.

Tuman xalq talimi bolimining malum qilishicha, suratga olish guruhi kelguniga qadar Novopetrovka aholisi uy vazifalarini yuborish borasidagi muammolardan shikoyat qilmagan. Shuningdek, hokimiyat vakillari masofaviy talimga otilishidan oldin mahalliy aholi ortasida sorov otkazib, vazifalarni yozma ravishda topshirishni taklif qilgan.

Zvezda telekanalining sujetidan keyin qishloqqa amaldorlar kelganida mahalliy aholi uy vazifalarini muammosiz olayotgani, biroq qayta yuborish uchun teleminoraga chiqishga togri kelayotganini tushuntirgan.

Hokimiyat ota-onalarni bolalarni qasddan xavfda qoldirganlikda ayblagan. Amaldorlar minoraga kotarilgan bolalar maktablarda royxatga olinishiga hamda ularning talimi va tarbiyasi boyicha nazorat kuchaytirilishiga vada bergan. Shuningdek, Margarita Habibrahmanova ham javobgarlikka tortiladigan boldi. Xalq talimi boshqarmasidagilarning takidlashicha, u faqat oz oquvchilarining muammosi haqida gapirgan, qishloqdagi vaziyat haqida emas, deyiladi xabarda.

AvvalroqFargonada internet tezligi pastligi sababli oqituvchi uyining tomida otirib, onlayn dars otayotgani haqida xabar berilgandi.Xalq talimi vazirligioqituvchining ishiga sadoqati uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib otamiz, Ozbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha talim muassasalariyopilgan.Maktab oquvchilariuchun 30-martdan boshlab bir qator telekanallarda videodarslarefirga uzatilmoqda.

Takidlash kerakki,Speedtest Global Indexreytingiga kora, Ozbekiston mobil internet tezligi boyicha 141 ta davlatlar ichida 133 orinda.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-05-2020, 15:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -