» » Qozog‘istonda koronavirusdan kasallanganlar soni 88 kishiga ko‘payib, 4922 nafarga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusdan kasallanganlar soni 88 kishiga ko‘payib, 4922 nafarga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 88 ta holat aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan yangi kasallanish holatlarining 41 tasi Nur-Sulton shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, poytaxtdan tashqari Olmaota (22 kishi), Atirau viloyati (18 kishi), Turkiston viloyati (3) hamda Mang‘istov viloyatida (4) kasallar aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4922 kishiga yetdi. Kasallikka chalingan bemorlarning 1631 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan, hozirga qadar 31 kishi koronavirus qurboniga aylangan:

Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilgan. Shu sababli aholiga ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatilgan. 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

O‘zbekistonda 9-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2336 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1775 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют