» » Rossiyada o‘quvchilar internet yomonligi sabab vazifalarni jo‘natish uchun uyali aloqa minorasiga chiqib oldi. Buning uchun ular ro‘yxatga olinadi

Rossiyada o‘quvchilar internet yomonligi sabab vazifalarni jo‘natish uchun uyali aloqa minorasiga chiqib oldi. Buning uchun ular ro‘yxatga olinadi


Rossiyaning Perm o‘lkasida joylashgan Novopetrovka qishlog‘i maktab o‘quvchilari internet yaxshi ishlamagani sabab uy vazifalarini yuborish uchun uyali aloqa minorasiga chiqishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi “Zvezda” telekanali.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, qishloqda internet yaxshi ishlamaydi — har bir uy vazifasini yuklab olish uchun bir necha soatlab kutish kerak, ularni yuborish uchun esa yana shuncha vaqt ketadi. “Biz ikki soatlab shunchaki kirishni kutamiz. Shundan keyin uy vazifasining yuklanishini kutamiz. Biz kuniga qariyb 12 soat dars qilyapmiz”, — deydi o‘quvchilardan birining onasi.

1-sonli Oktyabrsk o‘rta maktabining matematika o‘qituvchisi Margarita Habibirahmanova ham qishloqda internet bilan bog‘liq muammo haqida so‘zlab bergan. “Men barcha o‘quvchilardan uy vazifasini qabul qilib olishim kerak, bu kuniga ba’zan 100 taga yetadi. Internet juda sekin va bu muammo”, — deydi o‘qituvchi.

Uyali aloqa minoralariga bolalar bilan ularning ota-onalari ham chiqmoqda. Aholi internet-provayder va mahalliy hukumatga muammo haqida yozgan, biroq ular uyali aloqani yaxshilashdan bosh tortgan, chunki qishloqdan 100 kishidan kamroq odam yashaydi. Novopetrovkaliklar 10 kilometr uzoqlikdagi minoraga kuchaytirgich qo‘yib berishni so‘ragan, biroq tuman ma’muriyati keyinroq yordam berishni va’da qilgan. Hokimiyat vaziyatga baribir o‘z munosabatini bildirdi — maktab o‘quvchilari uy vazifalarini daftarga bajaradi va ular yig‘ilib, o‘qituvchilariga olib boriladigan bo‘ldi.

Tuman xalq ta’limi bo‘limining ma’lum qilishicha, suratga olish guruhi kelguniga qadar Novopetrovka aholisi uy vazifalarini yuborish borasidagi muammolardan shikoyat qilmagan. Shuningdek, hokimiyat vakillari masofaviy ta’limga o‘tilishidan oldin mahalliy aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, vazifalarni yozma ravishda topshirishni taklif qilgan.

“Zvezda” telekanalining sujetidan keyin qishloqqa amaldorlar kelganida mahalliy aholi uy vazifalarini muammosiz olayotgani, biroq qayta yuborish uchun teleminoraga chiqishga to‘g‘ri kelayotganini tushuntirgan.

Hokimiyat ota-onalarni bolalarni qasddan xavfda qoldirganlikda ayblagan. Amaldorlar minoraga ko‘tarilgan bolalar maktablarda ro‘yxatga olinishiga hamda ularning ta’limi va tarbiyasi bo‘yicha nazorat kuchaytirilishiga va’da bergan. Shuningdek, Margarita Habibrahmanova ham javobgarlikka tortiladigan bo‘ldi. “Xalq ta’limi boshqarmasidagilarning ta’kidlashicha, u faqat o‘z o‘quvchilarining muammosi haqida gapirgan, qishloqdagi vaziyat haqida emas”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Farg‘onada internet tezligi pastligi sababli o‘qituvchi uyining tomida o‘tirib, onlayn dars o‘tayotgani haqida xabar berilgandi. Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchining ishiga sadoqati uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari uchun 30-martdan boshlab bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Speedtest Global Index reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 141 ta davlatlar ichida 133 o‘rinda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют