» » Toshkentdagi Galaba bogida joylashgan Shon-sharaf muzeyiga fotosayohat

Toshkentdagi Galaba bogida joylashgan Shon-sharaf muzeyiga fotosayohat


Toshkent shahrining Olmazor tumanida qad rostlagan Galaba bogi tarkibida Shon-sharaf muzeyi ham faoliyat yuritadi.

Muzeyda Ikkinchi jahon urushida jasorat korsatgan ozbekistonliklar haqidagi malumotlar, osha davrlar ruhini toliq his etishga imkon beruvchi eksponatlar orin olgan. Daryo muxbirining xabar berishicha, muzeyda 20 mingga yaqin tarixiy ahamiyatga ega buyumlar mavjud bolib, ularning yarmidan kopi respublikaning turli hududlarida yashovchi aholi tomonidan taqdim etilgan. Buyumlarni qabul qilish jarayoni bugungi kunda ham davom etmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentda Galaba bogi majmuasi faoliyati tashkil etiladi

Muzey shartli ravishda 6 bolimga ajratilgan.

Muzeyning kirish qismida Ozbekiston xalq rassomi Alisher Aliqulov qalamiga mansub asarning 22 metrlik pannosi ilingan. Unda frontga yol olayotgan askarlarning kuzatish jarayoni, front ortidan yuklarning jonatilishi, tibbiyot xodimlari, bir soz bilan aytganda, 19411945-yillar davomidagi Ikkinchi jahon urushi davrida Ozbekiston hududlaridagi umumiy jarayon jonli tarzda aks ettirilgan.

Muzey ostonasidan boshlanuvchi Ozbekiston urush boshlanishi arafasida deb nomlangan bolimda 19381940-yillar, urushdan oldingi Ozbekistonda davom etgan hayot tarzi tasvirlangan suratlar, qaydnomalarni korish mumkin.

1939-yilda fashistlar Germaniyasining Polshaga bostirib kirishi bilan boshlangan Ikkinchi jahon urushi tasirida Ozbekistonda yalpi safarbarlik joriy qilinishi, qoshinlar tashkil etilishi jarayoni aks etgan eksponatlar ham shu yerning ozida berilgan.

Ozbekistonliklarning asosiy front va chegara postlarida olib borgan kurashlari, ichki ishlar, razvedka faoliyatidagi mardonavor xatti-harakatlari qayd etilgan tarixiy hujjatlar, ularning suratlari va ular haqidagi qisqacha malumotlarni uchratish mumkin. Malumotga kora, birgina Germaniyaning Berlin shahrini ozod qilish uchun bolgan harakatlarda 10 dan ortiq kishiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, 1706 kishiga Berlin olinganligi uchun, 109 ming 208 kishiga esa1941-1945-yillardagi Ulug Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan galaba uchun medallari taqdim etilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda barpo etilayotgan Galaba bogining konsepsiyasi taqdim etildi (foto)

Bolimning etiborga molik burchaklaridan biri sifatida asirga tushganlar haqidagi malumotlar aks etgan qismni aytish mumkin. Takidlanishicha, urush davrida asirga tushgan 150 mingdan ziyod ozbekistonliklarning 50 ming nafardan ortigi konslagerlardagi azob-uqubatlar oqibatida vafot etgan.

Keyingi bolimga otish yolagida bevosita 1945-yilda Berlinning Sovet Ittifoqi armiyasi tomonidan ishgol qilinish jarayoni aks etgan installyatsiyalarni tomosha qilib, xuddi haqiqiydek jonlantirilgan mum haykallar, aganagan binolar, bir-biriga oq uzishga hozirlangan tanklarni uchratish mumkin.

Mavzuga doir: Foto: Toshkentda qurilayotgan Galaba bogida ornatiladigan harbiy samolyotlar

Muzeyning Ozbekiston front uchun ishonchli tayanch qorgoni bolimida front uchun qishloq xojaligi mahsulotlari va texnikalar yetkazilishi, issiq kiyim-kechaklar, mablaglar toplanishi, frontga yonaltirilgan energetika va yoqilgi, iqtisodiyot faoliyati, tibbiyot, ozbek ayollarining front ortidagi zahmati, kadrlar tayyorlash sohasi kabi mavzularga ajratib chiqilgan burchaklarda ashyoviy dalillar, fotosuratlar, mehnat uchun berilgan maqtov va faxriy yorliqlar, ordenlarni tomosha qilish imkoniyati mavjud.

Berilgan malumotga kora, birgina front uchun yigilgan mablaglarning ozida ozbek xalqining birdamligini his etish uchun shanbaliklar, obligatsiyalar, urush zayomlari bilan bir qatorda aholi shaxsiy mablaglari ham borligini inobatga olishning ozi kifoya. Osha davrda aholi mudofaa fondi uchun umumiy hisobda 250 million som miqdorida mablag yigishga muvaffaq bolgan.

Muzeyning eng tasirli burchagi sifatida Urush davri maktublarini keltirish mumkin. Bir necha yillardan buyon saqlanib kelinayotgan urushga berilgan yollanmalar, jamoaviy xatlar, jang maydonlaridan qaytmagan askarlarning olimi, yaralanganlik haqida xabarnomalar, frontdan kelgan soginchli salom xatlarini oqish imkoniyati bor.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilar urush yillarida dushman bosib olishi muqarrar bolgan hududlardan Ozbekistonga evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ziyod qariyalar, ayollar, bolalar (250 ming atrofida), fan-arboblari haqidagi malumotlarni oqishi mumkin.

Ozbekistonda urush yillarida fan va talim, adabiyot, teatr va musiqa sanati, tasviriy sanat va haykaltaroshlik, kino sanati va matbuot bolimida 19411945-yillarda yurtda madaniyat sohasida hukm surgan holatni nafaqat tomosha qilish, balki his etish mumkin. Bu yerda ham muzeyning boshqa bolimlaridagi kabi tarixiy muhitni yaratish maqsadida musiqalar jaranglab, sohaga oid malumotlar yangrab turadi. Bevosita ekranlarda tarixiy hujjatli filmlar, eksponatlarda nomlari zikr etilgan shaxslarning faoliyatiga oid lavhalar beriladi.

Urush yillari haqidagi xotiralar, xalqning quvonch va shodligi, Mardlar jasorati mangu yashaydi hamda Bizning qahramonlarimiz bolimlarida aks etgan malumot va eksponatlar bilan fotolavhalarimiz orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib otamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 25-iyun kuni mazkur hududda bolib, Galaba bogi qurilishi boyicha topshiriqlar bergan edi. Ushbu topshiriq asosida bog konsepsiyasi ishlab chiqilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-05-2020, 16:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
:
-
:
20 ... -