» » Shavkat Mirziyoyev “G‘alaba bog‘i”dagi “Shon-sharaf” muzeyini borib ko‘rdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev “G‘alaba bog‘i”dagi “Shon-sharaf” muzeyini borib ko‘rdi (foto)


Shavkat Mirziyoyev “G‘alaba bog‘i”dagi “Shon-sharaf” muzeyini borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari avvalgi chiqishlarida O‘zbekiston xalqining G‘alabaga qo‘shgan hissasini yanada chuqurroq o‘rganish zarurligini ta’kidlagan edi. Shundan so‘ng bu borada katta ilmiy tadqiqotlar qilindi. Ilgari yopiq bo‘lgan tarixiy hujjatlar ham o‘rganildi.

Qayd etilishicha, chet ellardagi arxiv tashkilotlari, muzeylar, olimlar bilan hamkorlik natijasida o‘zbekistonliklarning qahramon ajdodlari haqida yangi ma’lumotlar qo‘lga kiritildi.

“Masalan, shu vaqtga qadar Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistondan 1 million 500 mingga yaqin kishi ishtirok etgan, deb hisoblanar edi. Yangi topilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlandi. Shuningdek, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani hujjatlar orqali o‘z tasdig‘ini topdi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Yangi aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, urush o‘chog‘iga aylangan o‘lkalardan O‘zbekistonga 1 million 500 ming kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan bo‘lib, o‘zbekistonliklar ularga o‘z uyidan joy berib, so‘nggi burda nonini ham baham ko‘rgan.

“Bu muzeyning paydo bo‘lishi adolatning tiklanishi demakdir. Tariximizning bir qismi bo‘lgan urush voqealarini bir joyda namoyon etadigan bunday maskan yo‘q edi. Bu ishlardan maqsadimiz — xalqimizning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan buyuk hissasini tarixga muhrlab qo‘yish, yosh avlodlarga yetkazish. Yuz yillardan keyin ham odamlar kelib, urush voqealari va oqibatlarini, tinchlik qadrini bilishi kerak”, —  dedi Prezident.

Muzey oltita bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘limda respublikamiz aholisining frontga safarbar etilishi, jang maydonlaridagi jasorati aks ettirilgan. Ikkinchi bo‘lim “O‘zbekiston – front uchun ishonchli tayanch qo‘rg‘oni” deb nomlangan.

Keyingi bo‘limda urush yillarida O‘zbekistondagi ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash sohalari namoyish etilgan. 4-bo‘lim “Urush va g‘alaba haqida xotiralar, xalqning quvonch va shodligi” deb atalgan bo‘lsa, navbatdagi sho‘bada urush yillaridagi badiiy adabiyot, san’at va matbuot haqida hikoya qilingan. “Mardlar jasorati mangu yashaydi” nomli 6-bo‘limdan 33 jildlik “Xotira” kitobi, shuningdek, bayram munosabati bilan nashr etilgan kitob-albom va boshqa eksponatlar o‘rin olgan.

Davlat rahbari bog‘dagi “Ko‘z yoshi” majmuasini ham ko‘zdan kechirdi. Ko‘z shaklidagi bu badiiy majmuada urushning mudhishligi, millati va dinidan qat’i nazar, barcha odamlar birligi ifodalangan.

Bog‘ hududida bir nechta marmar devorlarda kompozitsion pannolar barpo etilgan. Ularda sarkardalar tarixidan lavhalar, Ikkinchi jahon urushiga oid eng muhim ma’lumotlar, milliy armiyaning hozirgi jangovar holati aks ettirilgan. Urush yillaridagi kuy-qo‘shiqlar va xabarlar asosida tarixiy muhit jonlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 25-iyun kuni mazkur hududda bo‘lib, “G‘alaba bog‘i” qurilishi bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Ushbu topshiriq asosida bog‘ konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ygani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют