» » Shavkat Mirziyoyev faxriylarni Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi (foto)

Shavkat Mirziyoyev faxriylarni Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi (foto)


G‘alaba bog‘idagi amfiteatrda 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, marosimda urush va mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar jam bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun o‘zbek xalqini tabrikladi.

“Bugungi qutlug‘ ayyomda barchamiz, avvalo, o‘z jonini ona yurt uchun qurbon qilgan vatandoshlarimizning ruhi poklari oldida bosh egib ta’zim qilamiz. Sizlar kabi minglab urush va mehnat fronti qatnashchilarini – azm-u shijoatli, dovyurak ota-bobolarimiz, sabr-matonatli onalarimiz, momolarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz”, — dedi davlat rahbari.

Bu yil karantin tufayli urush va mehnat faxriylarining aksariyati bayramni o‘z uylarida nishonladi. Ular televideniye orqali bugungi tantanali marosimni to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib bordi.

“Siz azizlarning barchangizni g‘oyibona bag‘rimga bosib, bugungi erkin va ozod hayotni ta’minlash yo‘lida ko‘rsatgan mardligingiz, vatanga sadoqatingiz uchun o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan rahmatlar aytib, eng ezgu va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Biz sizlarning timsolingizda o‘zining dono maslahatlari, boy hayotiy tajribasi bilan hammamizga ustoz va duogo‘y bo‘lib yurgan mo‘tabar insonlarni ko‘ramiz. Sizlarning har biringiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Hayot yo‘llarida duch kelayotgan turli qiyinchilik va muammolarni, hozirgi kunda boshimizga tushgan sinovlarni yengib o‘tishda biz sizlarning mislsiz sabot va matonatingizdan, qat’iyatingizdan doimo kuch va ibrat olamiz. Yosh avlodimizni vatanga, xalqqa sadoqatli, jasur insonlar etib tarbiyalashda biz sizlarni doimo o‘rnak deb bilamiz va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi”, – dedi Prezident.

Davlat rahbari bayram tadbiriga kelgan urush va mehnat faxriylarining har biri bilan salomlashib, hol-ahvol so‘radi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. Nuroniylar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, elimizga farovonlik tilab duolar qildi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ygani, G‘alaba bog‘idagi “Shon-sharaf” muzeyini borib ko‘rgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyiga fotosayohat



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют